Mahsulot tavsifi
VL-BASE-GD-WW — SWG PRO’ning VILLY seriyasiga mansub, shiftga ustidan o‘rnatiladigan (nakladnoy) yoritgich. 3000K iliq oq yorug‘lik beradi va uy hamda tijorat interyerlarida umumiy yoki aksent yoritish uchun mos.
15 Vt quvvatda yorug‘lik oqimi 900 lm. 60° tarqalish burchagi ortiqcha “yoritib yuborish”siz kerakli zona va obyektlarni ajratib ko‘rsatishga yordam beradi. CRI 90 rang uzatish indeksi ranglarni tabiiyroq ko‘rsatadi — oshxona, yo‘lak, vitrina va ish joylari uchun qulay.
Korpus oltin rangdagi alyuminiydan tayyorlangan; IP20 himoya darajasi — quruq xonalar uchun. Boshqaruv on/off, dimmerlashsiz. CREE LED’lar to‘g‘ri montaj qilinganda barqaror ishlashga mo‘ljallangan.
220–240 V tarmoqdan quvvatlanadi; drayver chiqish parametrlari: tok 350 mA, kuchlanish 20–34,5 V. O‘rnatish joyini tanlashda o‘lchamlarni inobatga oling: diametri 65 mm, balandligi 143 mm.
To‘plamda: yoritgich, olti qirrali (shestigranniy) samorezlar va kalit. Kafolat — 3 yil.